Mavzuning dolzarbligi. Hozirda energetik korxonalarda va issiqlik elektr stansiyalarida qurilmalarni modernizasiya qilish va takomillashtirish hamda
energetik va resurs tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Energetika Respublikamiz iqtisodiyotida yetakchi bo`g`inlaridan biri hisoblanadi. Chunki, xalq xo`jaligining boshqa sohalarining rivojlanishi va jamiyat taraqqiyoti darajasi energetikaga, ayniqsa issiqlik energetikasining rivojlanish darajasiga bog`liqdir. Ma’lumki mustaqillik yillarida respublikamizda neft, tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash ancha ortdi. O`zbekistonda yoqilg`i – energetika kompleksiga asoslangan yirik issiqlik elektr stansiyalari ishlab turibdi.