O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari va erkinliklariga og`ishmay rioya etilishini ta`minlaydigan dеmokratik huquqiy davlat hamda fuqarolar jamiyati qurishga, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, jamiyatni ma`naviy yangilashga, jahon hamjamiyatiga uyg`unlashuviga qaratilgan yo`lni tanlab oldi.