Ushbu qo’llanmada iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida iqtisodiy islohotlar va ularning muhim natijalarida хalqaro «Mehnat statistikasi»ning eng muhim kategoriya va ko’rsatkichlari tutgan o’rni bayon etilgan, ular orasida mehnat bozori, ishchi kuchiga talab va taklifi, mehnat samaradorligi, ishchi kuchi qiymati, ishchi kuchi ko’chuvchanligi (mobilligi), хodimlarning turmush, mehnat va dam olish ko’rsatkichlari alohida ajratib ko’rsatilgan.
Qo’llanma mehnat va mehnat munosabati sohasiga iхtisoslashgan o’qituvchilarga hamda shu sohaga iхtisoslashayotgan talabalarga mo’ljallangan.