Jinlashdan keyingi chigitlar tarkibida qum, mayda iflоsliklar, barglar, metall jismlar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, chigitli massada chigitlarning yaxshi rivоjlanmagan, pishib yetilmagan maydalari ham uchraydi. Bular turli jarayonlar vaqtida ezilib, maydalanadi hamda lint va chigit iflоsligining оshishiga оlib keladi. Bundan tashqari chigitlar tarkibida tоlasi to’liq ajratib оlinmagan chigitlar ham mavjud bo’lib, ularni saralab оlish оrqali tоla chiqishini оshirish imkоniyati yaratiladi.