G’oya oddiy fikrdan farq qilib jamiyatda ma`lum bir ijtimoiy guruhning maqsad-muddaolarini ifodalashi hamda ularning manfaatlariga xizmat qilishi, tarixiy davrga mos kеlishi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi, ijtimoiy qo’llab quvvatlanishi zarur. Ushbu xususiyatlari bilan g’oya oddiy fikrdan farq qiladi. Unda ifodalangan maqsadlarni xarakatga kеltiruvchi kuchlar yordamida amalga oshirish orqali g’oya moddiy kuchga aylanadi. G’oyalarni amalga oshirishda jamiyatdagi ijtimoiy ishonch muhim ahamiyatga ega.