Hozirgi kunda inson tabiatda mavjud barcha real va potentsial zahiralardan foydalanish, uni o’zgartirish imkoniga ega. Shunday ekan, hozirgi zamon kishisi tabiat qonuniyatlariga rioya qilgan holda undan foydalanishi zarur, aks holda yuqorida esla¬tilganidek, inson hayoti uchun xavfli krizis sodir bo’lishi, uning salomatligiga, kelgusi taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko’rsatishi va hatto uning tirik mavjudotlar tarkibida tur sifatida tubdan yo’q bo’lib ketishi mumkin ekanligi haqida ma`lumotlar mavjud.