Tadqiqotning asosiy maqsadi Kofirqal’a yodgorligida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari-maqolalar, risolalar hamda qo’lga kiritilgan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy tahlil qilish va o’rganishdir. Tadqiqot vazifasi esa ushbu tahlil asosida Kofirqal’a yodgorligining o’rganilish tarixini yoritish bilan birga uning umumiy tadrijiy rivojlanish tarixi, ilk o’rta asr Sug’d diyorida madaniyat tarixida tutgan o’rnini yaxlit holatga keltirishdan iboratdir.