Dissertatsiya tadqiqotining asosiy maqsadi sobiq Yugoslaviyada XX asrning ikkinchi yarmida millatlararo nizolarning kelib chiqish sabablari, shart-sharoit va omillarini hamda uning oqibatlarini ilmiy asosda tahlil qilishdan iboratdir. Tadqiqot ishida qo’yilgan asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etildi:
• millatlararo keskinlikning kelib chiqishini tanqidiy va qiyosiy tahlildan o’tkazish, ushbu ziddiyatlarning kelib chiqish omillarini atroflicha yoritish;
• sobiq Yugoslaviyada va parchalanishidan keyingi hududda etno-milliy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish omillarini ko’rstib berish;
• Millatlararo keskinlikning mintaqa va xalqaro nuqtai nazardan oqibatlarini ko’rsatib berish;
• Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqilgan eng samarali usullarni ko’rsatib berish;
• Yugoslaviyadagi millat va elatlararo nizolarning kuchayishiga ta’sir ko’rsatgan ichki va tashqi faktorlarni tadqiq qilish va tipologizatsiyalash;
• Bugungi kunda ushbu milliy nizolarning oqibati qanday bo’lganligini tahlildan o’tkazish.