Mazkur qo`llanma tasviriy san`atning asosiy turlaridan biri rangtasvir fani bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengroq berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Qo`llanma pedagogika oliy o`quv yurtlarining badiiy-grafika hamda san`atshunoslik fakulteti 5140700-Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi bakalavri, pedagogika bilim yurti kollejlarining Tasviriy san`at, сhizmachilik bo`limi talabalariga mo`ljallangan bo`lib, ularning rangtasvir,qalamtasvir, kompozisiyadan o`quv va mustaqil ishlarini bajarishlarida katta yordam beradi. Qo`llanmadan kollej, lisey, umumta`lim maktablarining o`qituvchilari, maktabdan tashqari ta`lim muassasalarning to`garak rahbarlari va xavoskor rassomlar ham foydalanishlari mumkin.