Fanni o’qitishdan maqsad va vazifalar. Immunologiya immun javobning molekulyar va hujayraviy mexanizmlarini, shuningdek organizmning turli holatlarida ularning rolini o’rganadi. Hozirgi zamon immunologiyasi – jadal rivojlanayotgan fanlardan biridir. Infektsiyalarga nisbatan yuzaga keladigan immunitetni o’rganuvchi ta`limot sifatida yuzaga kelgan.