Sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida qoʻlga kiritilayotgan barcha muvofaqiyatlar tabiiy fanlar bilan bogʻlangandir. Inson paydo boʻlibdiki, unga kimyoviy moddalar, ularning oʻzgarishlari ya’ni kimyoviy hodisalar doimiy hamrohdir. Issiqlik va yorugʻlik chiqishi bilan kechadigan oksidlanish jarayoni-yonish reaksiyasi ibtidoiy odamga hamroh boʻlgan dastlabki kimyoviy moʻjizalardan edi.