O`smirlik davri muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror mustahkam bo`lib qoluvchi xislatlar namoyon bo`ladi. O`smir kamolotiga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo`la boshlaydi, aslida keskin qayta qurish sodir bo`ladi. Bu davrda mustaqil tafakkur, dunyoqarash, e’tiqod, o`zlikni anglash, baholash shakllanadi.