Yuksak o’simliklar sistematikasi fani Botanika fanlari ichida eng muhim va salmoqli o’rinni egallaydi. Yuksak o’simliklarning hozirgi zamon sistemalari ierarxiya prinsipida tuzilgan, ya’ni bir xil darajadagi gruruhlar ketma – ket ravishda yirikroq darajadagi gruhlarga biriktiriladi. Sistematik gruhlarning ierarxik prinsipi butun organik olamning xilma-xilligini oson tasavvur qilishga, o’rganishga va ulardan foydalanishga imkon beradi.