Kamar tutgichlarni tikish. Barcha turdagi gazlamalardan yasaladigan kamar tutgichlarni yo`rmash mashinasida (106-rasmdagi) yoki baxyalari bo`sh tortiladigan siniq baxya-qatorli mashinada (107-rasmdagi kabi) tikish mumkin. Kamar tutgichlarni yordamchi elim gazlama qo`yib ishlaganda (108-rasmdagi kabi) yordamchi materialni tayyor kamar tutgich shaklida qyrqib olib, uni kamar tutgichning teskari tomoni ustiga elim qatlamli tomonini yuqoriga qaratib qo`yiladi.