Darslikda «Industrial iqtisodiyot» fanining predmeti va vazifalari, iqtisodiyotning eng muhim, yetakchi tarmog’i bo`lgan sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli, o`rni va ahamiyati, tarkibiy muammolar, boshqarish va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan-texnika taraqqiyoti, kadrlar va mehnatga haq to`lash, asosiy va aylanma fondlar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, qiymat va tannarx, foyda va rentabellik hamda baho masalalari yoritilgan. Unda bir qator uslubiy masalalar va sanoat sohasida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini ochib berishga ham alohida e’tibor berilgan.