Parabolik tipdagi tenglamalarni sonli yechish uchun yuqori ustivorlikka ega bo’lgan ayirmali sxema tanlandi, o’zgaruvchan koeffisiyentli bir o’lchovli ko’chirish tenglamasini notekis to’rlarda chekli ayirmalar usuli bilan sonli yechildi, hisoblash eksperimenti o’tkazildi. Tadbiq uchun mexanikaga oid aniq amaliy masalalar sonli yechildi, hisob algoritmi yaratildi, hisob dasturiy vositasi yuqori bosqichli algoritmik tilda tuzildi, natijalar taqqoslanadi va tegishli xulosalar chiqarildi hamda amaliy tadbiq uchun tavsiyalar berildi.