Qabul qilinayotgan hamma qaror va farmonlarda Respublikamizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadi mujassamlashgan. Shu vazifalarni bajarishda zamon talabi asosida yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning o’z o’rni bor. Mazkur qo’llanma ham shu yo’nalishda bajarilgan ishlardan bo’lib, ―Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi‖ (avtomobil transporti) ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan foydalanib kelinmoqda.