O`zbekiston mehmon uylari va hostel egalari assotsiatsiyasi raisi Umed Burxanovning so`zlariga ko`ra, mamlakatimizga yosh sayyohlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida Xalqaro yoshlar hostellari federatsiyasi (International Youth Hostel Federation) va Xalqaro buking tarmog`i (International Booking Network) bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilmoqda.