Ma’lumki, barcha paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtani tashish jarayonida tozalashda asosan mehanik toshtutgichlardan foydalanib kelinmoqda. Pnevmotransport quvurlariga o’rnatilgan toshtutgichlar asosan bosh qismiga ya’ni g’arambuzgichlardan keyin va separatorlardan oldin o’rnatiladi. Quvurda havo oqimi bilan qo’shilib kelayotgan chigitli paxta to’planib qolishi natijasida toshtutgichning ish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi ya’ni, og’ir aralashmalarga qo’shilib toza paxtalar toshtutgich cho’ntaklariga tushib qoladi. Bu esa toza paxtani iflosliklarga aralashib ketishiga sabab bo’layothanligi ko`rsatilgan.