Uslubiy ko`rsatmada Kiyimning shakli. Shakl buyumning tashqi ko`rinishini ifodalaydi. zamonaviy kiyim yumshoq va egiluvchan bo`lgani sababli o`z shakliga ega emas. Shu bois kiyimning shakli deganda, uning odam tanasida hosil qilgan konfiguratsiya tushuniladi. Shaklni, asosan, uning tuzilishi konfiguratsiya yuzasining ko`rinishi tavsiflaydi. Bu xususiyatlarning parametrlari o`zgarib turadi. ular modaga, yil fasli, yoshga, tana o`lchamlari, shaklga, kiyim turi va materialiga hamda estetik talablarga bog`liqligi aytib o`tilgan.