Ovqat hazmi kanalining bezlari tomonidan ajraladigan hazm shiralari suvdan va uncha katta bo’lmagan miqdorda organik moddalar va tuzlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Hazm shiralarining asosiy tarkibiy qismini – fermentlar tashkil etadi. Bundan tashqari fermentlar tarkibida shilimshiq modda va suv saqlanganligi sababli ozuqani yumshatadi va shilliq modda bilan o’rab, uning mexanik qayta ishlanishini va ovqat hazmi kanali bo’ylab harakatini ta’minlaydi.