Bugungi kunda fan va texnikaning hozirgi rivojlanish sur’atlari ko`plab yangi moddalar va texnologiyalar yaratilishini talab etadi. Shu munosabat bilan tez rivojlanayotgan texnologik jarayonlar qatorida lazer texnologiyalari muhim o`rin egallaydi. Yorug’likning majburiy nurlanishlar jarayoni orqali elektromagnit to`lqinlar hosil qilish, ularni kuchaytirib nur dastasiga aylantirish orqali hosil qilingan lazer nuri ko`plab amaliy jarayonlarda beqiyos texnologik asbob bo`lib qolmoqda. Shuning uchun lazerlarning va xususan gazli lazerlarni ishlash prinsiplari va xossalarini chuqur tahlil qilish orqali ularning qo`llanish samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan biridir. Mavzuning dolzarblgi uning mana shu sohaga bag`ishlanganligidadir.