Ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher
Navoiyning faoliyati va ijodiyoti xalq va vatanga, insoniyat va ma’rifatga xizmat
qilishning ajoyib bir namunasidir. Alisher Navoiy mamlakatning obod bo`lishi va
xalqning osoyishtaligi uchun fidokorlik bilan kurashdi, ilm-fan, san’at va adabiyot
ahllariga homiylik va rahbarlik qildi. U o`zbek adabiy tili uchun kurashning
jangovor yalovbardori bo`ldi, o`zbek adabiyoti yangi taraqqiyot pog`onasiga olib
chiqdi, ilm-fanning turli sohalariga doir nodir asarlar yozdi.
Alisher Navoiy dahosi o`zining boy va ma’naviy merosi bilan umumjahon
xazinasidan mustahkam o`rin oldi. Mustaqil O`zbekistonda Alisher Navoiyni
anglash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Respublikadagi eng yirik
viloyartlardan biri va uning markazi, O`zbekiston Davlat mukofoti, Til va adabiyot
institute, opera va balet akademik teatri, O`zbekiston Davlat kutubxonasi,
Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar,
jamoa xo`jaliklari ulug` shoir nomi bilan ataldi