Ushbu o`quv qo`llanmada aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari, aholi daromadlarining tabaqalashuvi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko`rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag`allik muammosi va uni cheklash yo`llari yoritilgan.