«Cholg’ushunoslik» fanining asosiy maqsadi nimalardan iborat, deb bilasizlar?... Bu fan ma’lum bir cholg’uda professional ijrochi bo’lish uchun o’qishga kirgan, qolaversa, “Orkestr dirijyori» malakasini olish uchun qo’shimcha o’qiydigan talabalarga cholg’ular haqida mukammal bilimlarni o’rgatishdan iborat. Bu fan o’quv rejalariga muvofiq belgilangan semestrda ma’ruzalar tarzida o’tiladi va keyingi semestrlarda o’rganiladigan - “Partitura o’qish”, “Cholg’ulashtirish” va “Dirijyorlik” kurslarini yanada chuqurroq, mukammal o’zlashtirib olishlariga katta yordam beradi.