Tabiatda bo’ladigan jarayonlarga tirik organizmlarning ta’sirini birinchi bo’lib ilmiy asosda V.V. Dokuchayev ko’rsatib bergan. V. V. Dokuchayev tuproq hosil bo’lish jarayoni nafaqat iqlim omillari, balki o’simlik va hayvonlar tasiriga ham bog’liqligini ko’rsatdi. XX-asrning 20-yillarida V.I. Vernadskiy biosfera xaqidagi talimotida yer yuzasidagi geoximik va energetik o’zgarishlarda tirik organizmlar belgilovchi ahamiyatga ekanligini aytib o’tdi.
Biosfera, V. V. Vernadskiy ta’biri bilan aytganda, planetamizning tirik organizmlar yashayotgan yoki qachonlardir yashagan va har doim tirik organizmlar ta’sir qilib turadigan qismidir.