Barcha tirik organizmlarning hujayralari tarkibining asosiy qismini, ya`ni hujayra quruq moddasining 50-80 foizini oqsil tashkil etadi. Oqsil atamasi “tuxum oqi” - “birinchi”, “eng muhim” degan ma`nolarni bildiradi. Fan tilida esa “oqsil ” atamasi “protein” atamasi bilan nomlanadi. Demak “oqsil” “protein ” atamalari sinonim so`zlar hisoblanadi.