Gistologiya va embriologiya keyingi yillarda universitetlarning o’quv rejasiga kiritildi. Bu predmetga yangi modul tizimidagi namunaviy dasturda 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy mashg’ulot uchun ajratilgan bo’lib 2-cemestrda o’tiladi. Bu fan bo’yicha gistologiya va embriologiyadan alohida-alohida qollanmalar mavjud.I.Solihboyevning "Individual taraqqiyot biologiyasi" (1990), B. Xoliqnazarovning “Individual rivojlanish biologiyasi” (2006), E.Qodirovning “Gistologiya”(2012) o`quv qo`llanmalari namunaviy dasturga to`liq javob bermaydi.