Ushbu uslubiy qo’llanma “Amaliy matematika va Informatika”, “Informatika va axborot texnologiyalari” va “Axborot xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, “Kombinatorika va graflar nazariyasi” fanining birinchi bobi hisoblangan kombinatorikaga doir nazariyani o’z ichiga oladi. Qo’llanmada кombinatorikaga doir nazariy bilimlar bayon qilinib, har bir mavzuga doir misollar yechimlari berilgan va mustaqil yechish uchun masalalar keltirilgan.