Mustaqillik tufayli geografiya fanining taraqqiyotida ham olamshumul o`zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz geografiyasining salohiyatini oshirish, joriy etilayotgan uzluksiz ta`lim tizimida uning o`rnini belgilash hamda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan talablarni bajarish zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari bilan o`quvchilarni qurollantirishni taqozo etmoqda.