Mamlakatimiz agrosanoat majmualari rivojlanish jarayonlarini olib borilishidan maqsad, uning tarmoqlar tarkibini intensivlashtirishga yetishtirib berilayotgan mahsulotlarni shu yerning o’zida qayta ishlab chiqarishga katta e’tibor berilmoqda. Qishloq ho`jaligining istiqboli uchun va halq moddiy farovonligini oshirish ko`p jihatdan uni rivojlantirishga bog`liq. Bugungi kunda agrasanoatda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishdan maqsad yerni haqiyqiy dehqon, tadbirkor va ishbilarmonlar qo`liga topshirish qishloqlarda mulkdorlar safini shakillantirishdan iboratdir. Ma’lumki aholi sonining oshib borishi bevosita iste’mol munosabatlariga bo`lgan talabning oshishiga sabab bo`ladi. Bazor munosabatlari sharoitida aholini agrosanoat mahsulotlari bilan ta’minlash bozor talablari darajasida mahsulot yaratish, talab va taklifdan kelib chiqgan xolda yil davomida aholini ushbu mahsulotlar bilan ta’minlash uchun hududlar tabiiy sharoiti va imkoniyatlarini ilmiy jixatdan o`rganish ahamiyatlidir.