"Dissertatsiya ishida Gen-nokaut texnologiyasi asosida olingan g’o`za liniyalaridagi qimmatli xo`jalik belgilarini mahalliy navlarga introgressiya qilish tadqiq etilgan. Ushbu magistrlik ishida Mamlakatimizda g`o`za ekin maydonlari qisqarib borayotganligini inobatga olib, tola sifat ko`rsatgichlari jahon bozori talablariga javob beradigan va asosiy samaradorligi yuqori bo`lgan yangi biotexnologik nav va tizimlarni yaratish hamda ularni qishloq xo`jaligiga joriy etish hozirgi kunda muhim masalalardan biri hisobnanadi. Jahon ilmiy nashrlarida chop etilgan adabiyotlarda model o`simlik Arabidopsis thaliana genomidagi PHYA genini overekspressiya va nakaut qilish natijasida o`simlik
bo`yining, ildiz va barg bandining qisqa va uzun formalari olingan. "