"Ushbu dissertatsiya ishi Kartoshka o`simligini kasallantiruvchi fitopatogen virusni ajratish,
xususiyatlarini o`rganish va immunodiagnostika qilishga bag`ishlangan. Ushbu olib
borilgan tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati hududida KMVning tarqalish
dinamikasi hamda bu viruslarning saqlanishi va tarqalishiga ta‟sir ko‟rsatuvchi
rezervator o‟simliklar o‟rganib chiqilgan. Shu bilan bir qatorda virusning ba`zi
biologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari o`rganib chiqilgan, bu o`z navbatida
virusni identifikatsiya qilishida va shtammlarini aniqlashda muhim hisoblanadi. "