Keyingi yillarda Respublikamiz aholisini sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan yetarli miqdorda taʼminlash hozirgi davrning dolzarb muammosi hisoblanadi. Bunday masʼuliyatli vazifani bajarishda chorvadorlarimiz hamda veterinariya mutaxassislari bir qator qiyinchilik va muammolarga duch kelmoqda. Birinchidan, hayvonlar bosh sonini koʼpaytirish lozim boʼlsa, ikkinchidan ulardan olinayotgan mahsulotlarning miqdorini oshirish va sifatini taʼminlash talab etiladi.