Zamonaviy shaharsozlik, landshaft arxitekturasining o`z talablari bor, albatta. Manzarali o`simliklar, eng avvalo inson salomatligi uchun ko`proq foyda keltirishi, ko`rinishi chiroyli bo`lishi va me`moriy echimi go`zal binolar bilan uyg`unlik kasb etib, shaharga yanada ko`rk berishi, iqlimiga ijobiy ta`sir ko`rsatishi talab etiladi