“Matematik modellashtirish va statistik usullar” fani universitetlarning bakalavriat bosqichi biologiya ta’lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. Ushbu fan doirasida talabalar stoxastik tajriba natijalarini tahlil qilish va tabiiy fanlarda modellashtirish usullari, umumiy tamoyillari, asosiy bosqichlari, tayyor modellarni biologiya va tuproqshunoslik masalalarida qo`llanilishi bilan tanishadilar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib modellarini qurishni o’rganadilar.