Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorni o`z maxsulotlarimiz bilan to`ldirish va ishlab chiqarish mahsuldorligini yanada rivojlantirish maqsadida respublikamizda turli izlanishlar amalga oshirilmoqda va yanada yangi – yangi chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish zamonaviy marketing bo`limlarini joriy etishni taqozo etadi.