O`lkamiz zaminidagi arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklardan ma’lum bo`lishicha, insonning jismiga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlanib, asrlar osha bugungacha davom etmoqda. Asrlar davomida badiiy naqshlar turi sayqallanib, o`zgarib ko`payib bordi. Naqshlarda boshqa san’at turlaridan farqli o`laroq milliy an’analar davomiyligini ko`rish mumkin.