Chigitli paxtani, uni tashiyotgan havo oqimidan ajratish jarayoni bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar, havo yordamida tashuvchi qurilmaning asosiy elementlaridan biri hisoblangan separator mashinasida o’tkazilgan. Separator chigitli paxtani chang havodan ajratadi hamda mayda iflosliklardan ham tozalaydi. Paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonida SS-15A markali separator keng qo’llaniladi. Soha olimlari va mutaxassislari tomonidan separatorlarning konstruktsiyasini takomillashtirish bo’yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi