Jahon amaliyotida paxta tolasidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga ta`sir etadigan muhim omillarni aniqlagan holda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga yo`naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu sohada, paxta tozalash va yigirish korxonalarida tola va ip sifat ko`rsatkichlarini yaxshilash, texnologik jarayonlarda paxta tolasining mexanik shikastlanishi, siqilish deformasiyasi va tolaning to`q’rilanganlik holatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.