Bozor munosabatlarining muhim bo`g`inlaridan biri bo`lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lmasdan sog`lom taraqqiy qilishi mumkin emas. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’yekti bo`lgan banklar faoliyatini o`rganishni, ularning ishlash usullari, funktsiya va operatsiyalarini bilishni taqazo qiladi.