Har qanday mamlakat taraqqiyoti uning iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Shu sababli davlatlar yuksak taraqqiyotga erishish uchun biznes va tadbirkorlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratishadi. Yurtimizda ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar o’zining yuksak samarasini bermoqda desak bejiz emas.