Matematikada juda xilma-xil to`plamlarga duch kelamiz. Haqiqiy sonlar to`plami, tekislikdagi ko`pburchaklar to`plami, ratsional koeffitsiyentli ko`phadlar to`plami va hokazo. To`plam tushunchasi matematikada tayanch tushunchalardan bo`lib, unga ta’rif berilmaydi. «To`plam» so`zining sinonimlari sifatida «ob’ektlar majmuasi» yoki «elementlar majmuasi» so`z birikmalaridan
foydalaniladi.