O `zbekiston Respublikasi hamda davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g`ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi.Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi «Korxonalar to`g`risida»gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda.