Chizmachilik fanining mashinasozlik chizmalarini chizish usullarini o`rgatadigan qismi mashinasozlik chizmachiligi deyiladi. Bino va inshootlarni qurishda ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik vaqurilish chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yuritiladi. Bu asosan mashinasozlikda ishlatiladigan chizmalarni chizishga oid qonun,qoida va normalar bayon etiladi.