Mustaqillikning dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashqi iqtisodiy faoliyatni tubdan isloh qilish masalasiga e`tibor qaratib:“Eksport masalasida chuqur o`zgartirishlarni amalga oshirish lozim. Xom-ashyoni eksport qilishdan ko`ra, O`zbekiston uchun ko`proq naf keltiradigan yo`nalishlarga o`tish zarur. Bular jumlasiga ... xalqaro turizmni rivojlantirish kiradi”, deb ta`kidlagan edi. O`zbekiston maqtansa arzigulik boy tarixiy va madaniy o`tmishga ega bo`lib, uning jahon sivilizatsiyasidagi o`rni beqiyosdir.