Mazkur metodik qo’llanma Kasbga yo’naltirilgan ingliz tili (English for Specific Purposes) moduli bo’yicha mustaqil ta’lim uchun oliy ta’limning 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi IV bosqich bakalavriat talabalari uchun mo’ljalangan bo’lib, u “Chet tili o’qitishning integrallashgan kursi” fanidan O’zbekiston Respublikasi OO’MTVning 2016 yil 26-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Metodik qo’llanmada talabalarning mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish hamda kommunikativ mashqlar asosida bu ko’nikmalarni rivojlantirish maqsadida ishchi o’quv dasturining mavzulari asosida mavzuni o’qishdan oldin (pre-), mavzu o’qish jarayonida (while), mavzu o’qib bo’lingandan so’ng (post) bajariladigan mashqlar o’z ifodasini topgan.