Mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib topishi personalni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida o`z mavqelarini saqlab qolishi, ularning raqobatbardoshliligini ta`minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida personalni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarning ilmiy va amaliy usullari to`g`ri tanlanishini talab etadi.