Ushbu bitiruv malakaviy ishida benzoy kislota metil efiri va sirka al’degid o’zaro Klyayzen kondensatlanishidan benzoilsirka al’degidni sintez qilish, benzoilsirka al’degidining benzoy kislota gidrazidlari bilan o’zaro kondensatlanishini amalga oshirish, olingan yangi organik polifunksional tridentat ligandlarning tarkibi va tuzilishini zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullar yordamida tahlil qilash, olingan organik ligandlarning kristall holatda va eritmadagi tautomer shakllarini isbotlash kabi vazifalar bajarilgan.