Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari oʼzining koʼp asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash tarzi, urf-odati, joʼgʼrofik oʼrni bilan oʼzaro chambarchas bogʼlangan.